Yigitlarni kuylamoqlik erish tuyular chog'i,
Dilbar, nafis she'rga o'zi qovushmaydi yigitlar.
Gulga kira boshlar ekan ularning ko'ngil bog'i,
Quyoshda chatnab o'sadir unda yovvoyi o'tlar.

Dasht guliday o'sar ular har yonga shox tashlashib,
Baquvvat har shoxlarki, qayirib, burib bo'lmas,
Qiyqirishib bog'larga kirishsami boshlashib,
Qah-qah sadolaridan cho'chimay yurib bo'lmas.

Inson panjasimi u yoki sher panjalari,
Qo'llar bir xil mayin-ku, tug'ilganda, yo'rgakda.
Payti kelib biz titratib shu sherning panjalarin,
Go'dakday quvonamiz, qush uchirgan go'dakday.

Yuraklar u yurakmas, dugonajon asrangin,
Uchqun tushsa kuydirar, unda yongan o'tlardan,
Garchand biz deb hamisha baxt, borlig'in asradi,
Hayiqmay bo'lmas axir, ul asov burgutlardan.

Tortinib o'tmoq taqdir bizga ular dastidan.
Ma'sum tortib, atirgulday, chiroy ochib dam-badam.
Toki olis yulduzlarning chaqnoq nuri ostida,
Odam ota zurriyodi - yigit tashlarkan qadam.










